Registon

Registon (fors, qumloq joy) — Eron tog’ligining Sharqiy qismidagi qumli cho’l. Afg’oniston Janubida. G’arbiy va shimoliy chekkasidan Hilmand daryosi oqib o’tadi. Janubdan chog’ay tog’lari, sharqdan Makron tog’lari tarmoqlari o’rab turadi. Uzunligi 400 kilometr, kengligi 200 kilometrgacha. Maydoni 40 ming km2 chamasida. Registon sharqdan (1500 metr) g’arbda (800 metr) pasayib boruvchi tekislikdir. Jo’yakli katta qum maydonlari, ko’chib yuruvchi barxanlar bor. Iqlimi kontinental, quruq, subtropik iqlim. Yillik yog’in 100 mm chamasida. O’simlik siyrak. Tog’etaklari hamda daryo vodiylarida voha va to’qayzorlar bor. Yaylovlarda qo’y, echki, tuya boqiladi.