Regressiya

Regressiya (lotincha regressio — qaytish, chekinish) (geologiyada) — dengizning chekinishi. Regressiya tektonik tebranma harakat, ya’ni quruqlikning ko’tarilishi, okean tubining cho’kishi hamda iqlimning o’zgarishi (qurishi) natijasida ro’y beradi. Regressiyada dengiz suvi chekinib, quruqlik maydoni kengayadi. Yotqiziqlarning tagida mayda zarrali jinslar (giltosh, ohaktosh va boshqalar) yuqoriroq qismida yirik bo’lakli jinslar (gravelit, konglomerat va boshqalar) joylashuvi shu hududda regressiv harakat yuz berganidan dalolat beradi. Regressiya bir necha marta qaytarilishi mumkin.