Rikketsiylar

Rikketsiylar (Rickettsiaceae) bakteriyalar oilasi. Qoyali tog’lar dog’li isitma kasalligi qo’zgatuvchisini ilk bor aniqlagan amerikalik mikrobiolog X. T. Rikkets nomi bilan atalgan. Odatda, sharsimon yoki tayoqchasimon shaklda, o’lchami 0,2—0,6 mkm, harakatsiz, grammanfiy; 2 marta bo’linish orqali ko’payadi; spora hosil qilmaydi. Bo’g’imoyoqlilar va issiq qonlilar, jumladan, odam organizmi hujayralari ichida parazitlik qiladi. Shimoliy Osiyoda odam va hayvonlarda toshmali terlama, qoyali tog’lar dog’li isitmasi, kana rikketsiozi, ku isitmasi va boshqa kasalliklarni qo’zg’atadi.