Relef, bo’rtma tasvir
Relef, bo’rtma tasvir — haykaltaroshlikning bir turi. Tasvir, shakl tekis zamin (fon)dan bo’rttirib yoki o’yib (chuqurlashtirib) hosil qilinadi. Kompozitsiya tabiiy asosdan ajralmasdan tekis sathda yaratiladi; Relef me’morlik bo’laklari bezagi, haykaltaroshlik asari va boshqa kompozitsiya tarkibiga kirishi yoki mustaqil dastgoh asari bo’lishi mumkin. Asosiy turi — barelef va gorelef. O’yma Relefda nursoya jilvasida tasvir ko’zga tashlanadi, imkoniyati cheklangan. Relef tasviriy san’atda qadimdan mavjud: binolarni bezatshda, medal yasash svsh/yamda, metallga zarb berib bezak buyumlari ishlash va boshqalarda keng qo’llanadi. Qadimgi Misr me’morligida qo’llanilgan. Burtma Relef paleolit davridan ma’lum. Qadimda Misr, Ossuriya, Hindiston, Xitoyda, shuningdek, O’zbekiston hududiy keng tarqalgan; antik san’at, Uyg’onish davri va keying davrlarda ayniqsa rivojlangan.