Rezerford (Rutherford) Ernst

Rezerford (Rutherford) Ernst (1871.30.8, Braytuoter, Yangi Zelandiya — 1937.19.10, Kembrij) — ingliz fizigi; radioaktivlik va atomning tuzilishi to’g’risidagi ta’limot asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati a’zosi (1903 yildan). Rezerford 1907— 19 yillar Manchester, 1919 yildan Kembrij universiteti professor va bir vaqtning o’zida Kavendish laboratoriya direktori. Rezerford 1903 yilda F. Soddi bilan birgalikda radioaktiv yemirilish nazariyasini yaratdi va bir element atomining boshka element atomiga aylanishini isbotlab berdi. 1911 yilda atomning Quyosh sistemasiga o’xshash planetar modelini yaratdi. Shu modelga asoslanib 1913 yilda N bor atom tuzilishining kvant nazariyasini va spektrlar nazariyasini yaratdi. 1919 yilda azotni kislorodga aylantirgan birinchi sun’iy yadro reaktsiyasini amalga oshirdi; bu bilan hozirgi zamon yadro fizikasiga asos soldi. Shu vaqtdan boshlab Rezerford atom yadrolarini tezkor zarralar ta’sirida sun’iy yo’l bilan o’zgartirish masalalari bilan shug’ullana boshladi. 1921 yilda u neytral zarralar — neytronlarning mavjudligi to’g’risidagi fikrni o’rtaga tashladi. 1932 yilda Rezerfordning shogirdi J. Chedvik neytroni kashf qildi. Rezerford ko’pgina fiziklar (G. Mozli, J. Chedvik, J.D. Kokroft, M.L. E.Olifant, N. Bor, X. Geyger, O. Gan, P.L.Agyapisa va boshqalar)ni tarbiyalab yetishtirdi. Nobel mukofoti laureati (1908). Ad.: Rezerford — uchyoniy i Uchitel, M., 1973; Bekjonov R., Xoliqov A., Atom dunyosiga «darcha» ochgan olim [Ernest Rezerford], T., 1972.