Rezerfordiy

Rezerfordiy (lotincha Rezerfordium), Rossiya Federatsiyasi — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub sun’iy radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 104. Barqaror izotoplari yo’q, massa soni 253-262 ga teng bo’lgan 10 ta izotopi ma’lum. Eng uzoq mavjud bo’luvchi izotopi 261Rf (TI/2=1,1 min, anurlanuvchi). Oksidlanish darajasi +4. Og’irlik miqdorida olinmagan, uning xossalari faqat yakka atomlaridan foydalanib aniqlangan. Rezerfordiy izotoplari Pb, Pu, Cm, Br yoki CI nishonlarni Ti, Ne, o, N yoki S ning tezkor ionlari bilan uzoq vaqt nurlantirib hosil qilinadi. 257Rf (T,/2=4,5 c), 25’Rt (T|/2=Zs) va 26lRf izotoplarining afaollligini amerikalik kimyogar A.Giorso 1969— 70 yillarda aniqlagan. Rezerfordiy (26ORi)hh rus fizigi va kimyogari G.N. Flyorov o’z xodimlari bilan Pu nishonni Ne ning tezkor ionlari bilan nurlantirib olgan. Rossiyada bu element «Kurchatoviy» kuy deb ataladi. Element E. Rezerford nomi bilan atalgan, Iyupak tomonidan qabul qilingan, lekin hali tasdiqlanmagan.