Rahim Mamed
Rahim Mamed (taxallusi; asl ism-sharifi Mamed Rahim Abbos o’g’li Xuseynov) [1907.7(20).4, Boku — 1977] — Ozarbayjon xalq yozuvchisi (1964). Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1940). Ilk she’rlar to’plami — «orzular» (1930). Dostonlari Ozarbayjon metallurglari («Apsheron tuprog’ida», 1950), neftchilari («Xazar suvlarida», 1958) hamda arman shoiri («Sayat Nova», 1956) haqida hikoya qiladi. Rahim Mamed 12-asr Ozarbayjon shoiri haqida pyesa («Hoqoniy», 1955) yaratgan. Navoiy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, V. Gyote, P. J. Beranje va boshqalarning asarlarini Ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Ayrim asarlari o’zbek tilida nashr qilingan.