Reaktiv qarshilik
Reaktiv qarshilik — o’zgaruvchan elektr tokiga elektr sig’im va zanjir (yoki uning bir qismi) induktivligi ko’rsatadigan qarshilik. Elektr zanjirining to’la qarshiligi Z=H/(RL+RC) ning mavhum qismi, bu yerda g— elektr zanjirining faol qarshiligi, RL=coL—induktiv qarshiligi, Rc=l/mC=Uc/I — sig’im qarshiligi; bunda yu — tokning o’zgarish chastotasi, L — o’tkazgich induktivligi, S — o’tkazgich sig’imi, Uc— sig’imdagi kuchlanishning amplituda qiymati, I — zanjirdagi tokning amplitude qiymati. O’zgaruvchan tok zanjirida induktivlik yoki sig’imning bo’lishi tok va kuchlanish fazalarining bir-biriga nisbatan siljishiga sabab bo’ladi. Induktiv qarshilik bo’lganda zanjirda o’zinduktsiya e.yu.k. hosil bo’lishi sababli tok faza jihatdan berilgan kuchlanishdan orqada qoladi, sig’im qarshilik bo’lganda esa tok faza jihatdan kuchlanishdan oldinda ketadi.