Reabilitatsiya

Reabilitatsiya ( lotincha Rehabilitation — tiklash) (tibbiyotda) — organizmning buzilgan funktsiyasini va bemorlar hamda nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui. Og’ir kasalliklar (miokard infarqti, insult, orqa miya shikastlanishlari, umurtqa pog’onasi va bo’g’imlarning shakli o’zgarishi bilan kechadigan kasalliklari); Markaziy nerv sistemasining jiddiy zararlanishlari, ruhiy kasalliklar va boshqalarga uchragan bemorlar Reabilitatsiyaga ko’proq muhtoj bo’ladilar. Tibbiy Reabilitatsiya kasallik tufayli funktsiyasini yo’qotgan a’zo faoliyatini qisman yoki to’liq tiklash yoki kasallangan sohadagi avj olayotgan jarayonning iloji boricha oldini olishga qaratiladi. Reabilitatsiya bo’limi bor kasalxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, mahalliy kurort va sanatoriylarda Reabilitatsiyani amalga oshirish har bir bemorning umumiy ahvolidan kelib chiqqan holda kasallikning shakli va kechishiga qarab belgilanadi.