Ratsionalizm
Ratsionalizm (lotincha ratio — aql, aql-idrok) — aqlni bilishning va kishilar xulq-atvorining asosi deb hisoblovchi falsafiy yo’nalish. Irratsionalizm va sensualizmga qarama-qarshi turadi. 17— 18-asrlardagi klassik Ratsionalizm (R. Dekart, B. Spinoza, N. Malbransh, G. Leybnis) o’rta asrlar sxolastikasi va diniy aqidalarga qarshi chiqib, butun dunyoda cheksiz sabablar silsilasi hukmron degan tabiiy tartibot goyasini ilgari surgan. Ratsionalizmga ko’ra, ilmiy (ya’ni ob’yektiv, umumiy, zaruriy) bilimga bilishning manbai va uning haqiqiyligi mezoni — aql vositasidagina erishiladi. Ratsionalizm — ma’rifatchilik mafkurasi vakillarining falsafiy manbalaridan biri. Islom dini iloxiyotida Abu Mansur Moturidiy Ratsionalizm nuqtai nazaridan fikr yuritgan.