Kallyus, kallus
Kallyus, kallus (lotincha callus — qadoq) — o’simlikning shikastlangan (kesilgan) joyida hosil bo’ladigan to’qima. Yaraning bitishiga yordam beradi. Kallyus yupqa devorli parenxima hujayralaridan iborat bo’lib, bo’rtma (ba’zan yupqa qavat) ko’rinishida bo’ladi. Yalang’ochlanib qolgan turli to’qimalar qujayralarining bo’linishidan paydo bo’ladi. Payvandlashda payvandtag va payvandustning birikib ketishiga, qalamchalardan ko’paytirishda qo’shimcha o’simta ildizlar va kurtaklar paydo bo’lishiga yordam beradi. Terak, tok qalamchalari Kallyus hosil qilib ekilganda bexato tutib ketadi.