To’rabekxonim maqbarasi

To’rabekxonim maqbarasi, So’filar sulolasi maqbarasi — ko’hna Urganchtsagi me’moriy yodgorlik (1333). Urganch hokimi qutlug’ Temur xotini, Oltin O’rda xoni O’zbekxonning qizi To’rabekxonim nomi bn bog’langan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda yetib kelgan. Peshtoq orqali mo’jaz miyonsaroyga, undan olti qirrali katta xonaqohga o’tiladi. Xona ichiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Tashqarisi 12 qirrali, har tomoniga chuqur ravoqlar ishlangan. Poygumbazi 24 qirrali, kulohiy gumbazli (Sharqiy qismi saqlangan), bezaklarida nafis koshinkori naqshlar, muqarnaslar qo’llanilgan. To’rabekxonim maqbarasi 14-asr Xorazm me’morligining yuksak badiiy mahorati aks ettirilgan noyob yodgorlik namunasidir.