Madreimov Po’lat Shamshetovich

Madreimov Po’lat Shamshetovich (1942.15.1, Qoraqalpog’iston, Chimboy shahri) — baletmeyster. O’zbekiston xalq artisti (1977). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1965). 1965— 70 yillar Qoraqalpoq teatrida baletmeyster, 1970-74 yillar Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida, ayni vaqtda 1970 yildan «Oyqulash» ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar. Raqslarida qoraqalpoq xalqining hayoti va urf-odatlari, tarixini xalq o’yinlari va marosimlaridan olingan milliy harakatlar orqali ifodalashga intiladi. Sahnalashtirilgan eng yaxshi raqslari: «o’tov», «lolalar raqsi», «Orol yigitlari», «mehnat zavqi», «O’ynasin», «Oyqulash», «jilva», «Nozli qiz», «chavandozlar», «yoshlar sayli», «uchrashuv» va boshqalar. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).