Hasan Basriy, Abu Said Abul Hasan Yasor
Hasan Basriy, Abu Said Abul Hasan Yasor (642-728) — ilk Islomning yirik ilohiyot olimi. Madinada tug’ilgan, 657 yildan Basra shahrida yashab, shu yerda vafot etgan. 663-665 yillarda hozirgi Afg’oniston hududidagi harbiy yurishda qatnashgan. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (681-720) davrida Basrada qozilik qilgan. Hasan Basriy atrofida ilohiyot olimlari to’planib, ular umaviylar davlati ma’naviyatini belgilagan. Hasan Basriyni ahli sunna namoyandalari ham, mutaziliylar ham, sufiylar ham o’z ustozi hisoblagan. Hasan Basriy qarashlari haqida ma’lumotlar juda oz. Ularga ko’ra, Hasan Basriy Iroda erkinligi (ixtiyoriylik) masalasida qadariylar nuqtai nazarida turgan va inson bu dunyodagi qilmishlari uchun o’zi mas’ul ekanligini ta’kidlagan. Hasan Basriy mo’tadil siyosiy qarashlarga mos mavqeda turgan: Umma birligini saqlab qolishga harakat qilib, musulmonlar o’rtasidagi harbiy mojarolarni qoralagan.