Harf
Harf — alifbo sirasida bo’lgan, yozuvda nutq tovushlarini (fonemalarni), ularning variantlari va ba’zi bir qo’shilmalarini ifodalash uchun xizmat qiladigan bosma yoki yozma grafik belgi. Odatda har bir Harf bir tovush (fonema)ni bildiradi, lekin yozilgan so’zning Harflarga ajralishi va tegishlicha talaffuz etiluvchi so’zning fonemalarga ajralishi ideal holatdagina o’zaro mos keladi. Amalda bunday moslik deyarli uchramaydi: ba’zi Harflar (grafemalar) 2 tovushni ifodalashi mumkin: yo (y+o), yu (y+u), ya (y+a), ts (t+s) kabi. Shuningdek, bir tovush (fonema) birdan ortiq Harf bilan ham ifodalanadi. Masalan, o’zbek lotin alifbosidagi [p§] Harflari qo’shilmasi 1 ta burun tovushini, nemis alifbosidagi [KSN 1 Harflari qo’shilmasi shovqinli sirg’aluvchi (sh) tovushini bildiradi. Ba’zan nemischa matnda bir Harf (5) ning o’zi, qaerda kelishiga qarab, 3 xil tovushni (z, s, sh undoshlarini) ifodalaydi. O’zbek alifbosidagi [o| harfi esa yozuvda 4 ta har xil tovushni: sof O’zbekcha so’zlarda bir xil, rus va Yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlarda urg’uli holatda yana bir xil, urg’usiz holatda esa a, i unlilarini bildiradi. Harflar hajm-shakl jihatdan 2 xil bo’ladi: bosh Harf va kichik Harf. Bosh Harf — ayrimlari hajmi bilan, ayrimlari esa shakli bilan ham kichik Harflardan farqlanadigan va imlo qoidalari asosida tegishli o’rinlarda ishlatiladigan Harf; kichik Harf — imlo qoidalariga ko’ra bosh Harf yoziladigan hollardan boshqa har qanday holatda qo’llanadigan Harf Bosh va kichik Harflarning rasmiy qo’lyozma shakllari maxsus o’quv qo’llanmalari — «husnixat»larda ko’rsatiladi; ularni qo’llash qoidalari imloda belgilab beriladi. Bosh Harf va uning amalda qo’llanishi nisbatan keyingi hodisa hisoblanadi. Masalan, bosh Harflar lotin yozuvida mi lodning dastlabki asrlarida, rus- kirill yozuvida esa 18-19-asrlarda barqarorlashgan. Bosh Harf asosan yunon, lotin va kirill alifbolariga hamda ular asosida shakllangan boshqa alif-bolarga xosdir. Arab, hind alifbolarida, ieroglifik yozuvlarda Harflar katta (bosh) va kichik xillarga ajralmaydi [biroq Arab alifbosi (yozuvi)da aksariyat Harflar alohida, so’z boshida, o’rtasida va oxirida turishiga qarab shaklan farqlanadi]. Shuningdek, uslub talabiga ko’ra Harflarning qora (yo’g’on) va kursiv (qiya va yozmachaga o’xshash) shakllari ham farqlanadi. Ly..Istrin V.A., Razvitie Pisma, M., 1961;Diringer D., Alfavit, Per. S angl., M., 1963;1sepkin V.N., Russkaya paleografiya, M., 1967;Fridrix I., Istoriya pisma, Per. s nem., M., 1979; am irova T.D., Funktsionalnaya Vzaimosvyaz pismennogo i zvukovogo yazmka, M., 1985; Zinder L.R., Ocherk obshey teoriy Pisma, L., 1987. Abduvahob Madvaliyev.