Hamidov Jahongir Hakimovich
Hamidov Jahongir Hakimovich (1930.20.6. Toshkent) — molekulyar biologiya va hujayra biologiyasi sohasidagi olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1987), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), biologiya fanlari Doktori (1964), professor tuti patogistologiya laboratoriyada (1960-61), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi instituti radiatsion tsitologiya laboratoriyada (1961-65) katta ilmiy xodim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti tsitogistokimyo (1965-67), Biokimyo instituti tsitokimyo va elektron mikroskopiya (1967-70; 1984-87) laboratoriya mudiri, 1998 yildan hujayra biologiyasi laboratoriyasida bosh ilmiy xodim, shu institut direktori (1970-79); O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi biologiya fanlari bo’limi akademik kotibi (1979-84, 1987-89, 1991-97), O’zbekiston KP MK kotibi (1989-91). Ilmiy ishlari endokrin sistemasi organlarining nurlanish kasalligiga bag’ishlangan. Uning rahbarligida tireoid gormonlar faolligini genetik boshqarish mexanizmi ishlab chiqilgan; radioaktiv nurlarning kichik dozada rivojlanayotgan organizmda qalqonsimon bez funktsiyasini oshirishi aniqlangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1990-94). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). As: Reaktsiyaembrionalnktkaney na deystvie gormonov, T., 1976 (v soavtorstve); Krov i krovetvorenie pozvonochnix, T, 1978 (v soavtorstve); Elektronno-mikroskopicheskiy atlas elementov gemopoeza, T., 1986; umumiy biologiyadan amaliy mashg’ulotlar, T., 1970 (hamkorlikda); tibbiy biologiya va genetika (darslik), T., 2005 (hamkorlikda).