Hasanov Hamidulla
Hasanov Hamidulla (1919.19.01 -Toshkent — 1985.22.05) — geograf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), geografiya fanlari doktori (1968), professor (1970). O’rta Osiyo davlat universiteti geologiya-tuproqshunoslik-geografiya fakultetining geografiya bo’limini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-46). «Qizil O’zbekiston» gazetasida adabiy xodim (1946-47), O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida geograf-metodist (1948-50). 1954 yildan ToshDU geografiya fakulteti dotsenti, 1968-70 yillarda fakultet dekani, 1970 yildan tabiiy geografiya kafedrasi professor, 1983 — 85 yillarda tabiiy geografiya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari «O’rta Osiyo olimlarining geografik merosi», O’rta Osiyo toponimiyasi, geografiya tarixi, transkripsiya, terminologiya, dunyo tabiiy geografiyasi, geografiya o’qitish metodikasi, ilmiy asarlar tarjimasiga bag’ishlangan. Ko’pgina mamlakatlar (Afg’oniston, Hindiston, Myanma, Yaponiya, AQSh, Yevropa mamlakatlari va boshqalar)ga sayohat qilgan. Toshkentdagi ko’cha va maktablardan biri Hasanov nomi bilan ataladi. As: Mahmud Qoshg’ariy, T., 1963; Geografik nomlar imlosi, T., 1964; Geografik terminlar lug’ati, T., 1964; O’rta Osiyolik geograf va sayyoxlar, T., 1964; O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan, T., 1965; Zahiriddin Muhammad Bobir, T., 1966; yer tili, T., 1977; sayyoh olimlar, T., 1979; geografik nomlar siri, T., 1985.