Hojiyev Rasul

Hojiyev Rasul (1934.10.1, Xovos tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2005). Qishloq xo’jalik fanlari nomzodi (1981). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965 yildan Yangiyer shahridagi 1-maktabda kimyo-biologiya o’qituvchisi, 1966 yildan Yangier gidromelioratsiya texnikumida kimyo-biologiya o’qituvchisi va sirtqi bo’lim mudiri, 1968 yildan direktor o’rinbosari, 1971-80 va 1984-92 yillarda Guliston kommunal qurilish texnikumi, 1980 yildan Jizzax politexnika texnikumi, 1992 yildan Yangiyer qurilish va kommunal xizmat kasb-hunar kolleji direktori. Hojiyev rahbarligi davrida kollejning informatika, elektrotexnika, kimyo, fizika, astronomiya va boshqa xonalari laboratoriya jihozlari va harakatlanuvchi maketlar bilan jihozlandi. Qurilish kasb-hunar kollejlari uchun «kimyo» darsligi va bir qancha ilmiy maqolalar muallifi.