Meridian doira

Meridian doira — astronomik asbob; astronomiyaning astrometrik sohasida ishlatiladigan teleskop; ob’yektivining diametri (15-20 santimetr) va fokus masofasi 2,5 metr. Gorizontal o’qi atrofida o’zi o’rnatilgan joyning meridian bo’ylab harakatlanadi. Meridian doira yordamida osmon yoritqichlarining ekvatorial koordinatalari (a ,5) aniqlanadi. Buning uchun har bir yoritqichning meridiandan o’tish payti aniq belgilanib, Zenit masofasi o’lchanadi. Teleskopning okulyar qismiga maxsus mikrometr va uning gorizontal o’qiga masshtabli katta doira o’rnatilgan. Meridian doira astronomiyadagi eng qadimgi teleskoplardan biri.