Mezana

Mezana (Arabcha) — minoraning yuqori qismi, muazzin azon aytadigan joy. Biror bino (peshtoq, darvozaxona) ustiga qurilishi mumkin. Mezana aylana shaklida va ko’p qirrali bo’ladi. Ko’pincha, ravoqsimon darchalar qatoridan iborat. Ichki devorlari ganch bilan naqshlanadi, tashqarisi minoraning umumiy bezagiga mos holda sirkor parchinlar bilan bezatiladi. Mezananing tepasi gumbazcha (qubba) bilan yopiladi, ba’zan ochiq bo’lishi ham mumkin. Ayrim hollarda guldasta yoki burjlar ham Mezana vazifasini o’tagan.