Maqom
Maqom (tasavvufda) — Islomda sufiylikka xos tushuncha, har bir sufiy bosib o’tishi lozim bo’lgan bosqichlar. Tariqatlarda Maqomlarning soni har xil keltiriladi, lekin ko’p hollarda 4 Maqom tilga olinadi: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat. Lekin, tasavvufning ayrim yirik namoyandalari Maqomlarni ko’proq deb hisoblagan. Masalan, Fariduddin Attor 7 Maqom, G’azoliy 9 Maqomni ta’riflagan. Har bir Maqom ham, o’z navbatida, bir necha kichik bosqichlarga bo’linadi (ayrim sufiylarda bu bosqichlar 8 dan 10 gacha ko’rsatilgan) va ular manzil deb ataladi.