Mashq
Mashq musiqada — sozanda va xonanda tomonidan kuy va ashulalarni ustozlar ko’rsatmasi asosida o’zlashtirish, ijrochilik mahoratini oshirish uchun qilinadigan maxsus tayyorgarlik. O’zbek an’anaviy musiqasida yakka cholg’u asboblarida yoki ansambl bo’lib ijro etilgan kuylar ham Mashq deyilgan. Masalan, Munojot Mashq, Cho’li Iroq Mashq, Nasrulloyi Mashqi va hokazolar. Ashula yo’llarining cholg’u variantlari musiqa asarining Mashqi (cholg’u yo’li) deyilgan (masalan, mashqi Chorgoh kabi). Sozandalar esa mashshoq, ya’ni Mashq qiluvchi (kuyni soz bilan ijro etuvchi) deb atalgan.