Matxoliq qiziq

Matxoliq qiziq (1840-1910, Andijon) — Farg’ona qiziqchilar teatrining taniqli aktyori. 1870— 72 yillar Zokir eshon to’dasida ishlagan. 1892 yil Andijonda Ashir qiziq, Bashir qiziq, Orif garmon Toshmatov, kal nazir, Hasan qiziq, Jo’ra qiziqlardan iborat o’z to’dasini tashkil qilgan. U qiziqchiliklarda eshon («Zarkokil»), domla (Hoji kampir»), qozi («ketmon tilash») kabi obrazlari bilan muvaffaqiyat qozongan.