Matjonova Bibisora O’rinboyevna

Matjonova Bibisora O’rinboyevna (1950.14.1, Xo’jayli shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Voronej pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973 yildan Xujayli shahridagi 6-, 1983 yildan Taxiatosh shahridagi 6-maktabda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi. 1998 yildan Taxiatosh shahar xalq ta’limi bo’limi huzuridagi o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi rahbari. Pedagogik faoliyati davomida o’qitishning noan’anaviy usullarini qo’lladi, o’quvchilarni yuksak axloqiy-estetik ruhda tarbiyalashga intildi.