Optik kuch
Optik kuch — simmetriya o’qiga ega bo’lgan linza yoki linzalar tizimining yorug’lik nuri sindiruvchanlik qobiliyatini ifodalaydigan kattalik. Tizimning fokus masofasiga teskari bo’ladi. Shunday qilib, linzalar tizimi (yoki bitta linza) yorug’lik nurini qancha kuchli sindirsa (ya’ni fokus masofasi qancha kichik bo’lsa), Optik kuch shuncha katta bo’ladi. Optik kuch dioptriyada o’lchanadi. U ko’z dioptikasi va ko’zoynak optikasida keng qo’llaniladi.