Kardanli mexanizm
Kardanli mexanizm – bir-biriga nisbatan o’zgaruvchan burchak ostida joylashgan ikki valning aylanishini ta’minlaydigan mexanizm. Italiyalik olim J. Kardano nomi bilan atalgan. Bikr (qattiq) va elastik (qayishqoq), sinxron va asinxron xillari bor. Bikr Kardanli mexanizmda vallar zvenolari qo’zg’aluvchan qilib biriktirilganligi uchun aylanadi; elastik Kardanli mexanizmda vallar maxsus elementlari elastik holatga ega bo’lgani uchun aylanadi; sinxron Kardanli mexanizmda vallar o’zgarmas tezlikda; asinxron Kardanli mexanizmda vallar o’zgaruvchan tezlikda aylanadi. Vallari o’q bo’ylab suriladigan Kardanli mexanizm ham bo’ladi. Transport mashinalarning kardanli uzatmalarida stanoklar, asboblar va boshqalarda qo’llaniladi.