Karbofos
Karbofos (Cl0Hl9O6PS2), malation, fosfotion — o’simliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda qo’llaniladigan insektoakarisid. O’ziga xos badbuy hidli, rangsiz, moysimon suyuqlik. 50%li emulgirlanuvchi kontsentrati texnika va sabzavot ekinlarida (2 martagacha) so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga (o’rgimchakkana, shira va boshqalar) hamda chorvachilikda ekto – va endoparazitlarga qarshi qo’llaniladi. So’nggi ishlov hosilni yig’ib olishdan kamida 20 kun ilgari o’tkaziladi. Sarf me’yori: g’alla ekinlarida 0,25—0,6, g’o’zada 0,3— 0,6, tokzorlarda 0,5—1,3, sabzavot ekinlarida 0,3—0,6 kg/ga; ish suyuqligi 200-400 l/ra hayvonlar va odamlar uchun o’rtacha zaharli.