Karimov Amin Qahqorovich
Karimov Amin Qahqorovich (1936.15.3, Buxoro) – dirijyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1980). Toshkent konservatoriyasining g’ijjak sinfini tugatgan (J958). Buxoro teatri (1952-53) va O’zbek davlat filarmoniyasi (1955— 58)da sozanda; Buxoro musiqa maktabida (1959-65), Termiz musiqa bilim yurtida (1965-73, 1988-95) direktor; 1973-88 yillarda Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida direktor va bosh dirijyor. «Jon qizlar» (Boyseitov), «Sevmaganga suykanma» (N. Xalilov), «O’jarlar», «Momo yer» (I. Akbarov), «Vatan ishqi», «Nurxon» (S. Boboyev), «qizil durrali nozik niholim», «Toshkentning nozanin malikasi» (M. Leviev), «Maysaraning ishi» (S. Yudakov) kabi spektakllarga dirijyorlik qilgan.