Nikelin, qizil nikel kolchedani

Nikelin, qizil nikel kolchedani — arsenidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi NiAs. Aralashma sifatida so, Fe, Sb, S va boshqalar bo’ladi. Geksagonal singoniyali kristallari kam uchraydi, ko’pincha donador yaxlit yoki tayoqchasimon massalar hosil qiladi. Rangi och qizil, metallsimon yaltiroq. Qattiqligi mineralogik shkala bo’yicha 5,5—6,0. Zichligi 7600-7800 kg/m3. Elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Nikelin magmatik va gidrotermal mis-nikel-kumush va uran-vismutli rudalarda uchraydi. Yer yuzasidagi qatlam sharoitlarida osongina ikkilamchi mineral annabergitga aylanadi. Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Kanada va boshqa mamlakatlarda uchraydi. Kattaroquyumlari to’plangan joyda nikel olish uchun muhim ruda hisoblanadi.