Niyozov Muhammad Ibrohimovich
Niyozov Muhammad Ibrohimovich (1908, Chimkent — 1980, Toshkent) — kimyogar olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), professor (1964). O’rta Osiyo universitetini tugatgach (1934), shu universitetda dekan va prorektor (1934-40), O’zbekiston maorif vaziri o’rinbosari (1940— 46), Toshkent politexnika instituti rektori (1947-63), kimyo texnologiyam jarayonlari va qurilmalari kafedrasi mudiri (1953— 80). Shu kafedra qoshida polimerlar muammolari laboratoriyani tashkil qilgan. Asosiy ilmiy ishlari adsorbtsiya, distillash, ekstraktsiya, quritish va boshqa jarayonlarni intensivlash masalalariga oid.