Netto
Netto (italyancha netto — sof) — mahsulotning o’rov-idishsiz sof og’irligi; tovarning tashlamalar kirmagan sof narxi, xarajatlar ayirib tashlangandan keyingi sof daromad. Xo’jalik amaliyotida Netto aktivlarining (kompaniya kapitalining nomoddiy aktivlar va qarz majburiyatlari bilan birgalikdagi) bozor narxlaridagi qiymati. Netto – daromad (hamma chiqimlar chegirilganidan keyin qoladigan daromad), Netto – foyda (sof foyda), Netto – foiz (soliqlar chegirib tashlanganidan keyingi foiz to’lovlari) kabi shakllari bor.