Neytron bomba

Neytron bomba — kichik quvvatli termoyadro zaryadi bilan ta’minlangan qurol. Ommaviy qirg’in qurollari jumlasiga kiradi. Neytron bombada asosiy dastlabki modda deyteriy va tritiy aralashmasi hisoblanadi. Parchalanish va sintez yadro reaktsiyasi (bir necha o’n million °S qizish) natijasida tez neytron oqimlari vujudga keladi. Ana shu neytron oqimlari shikastlovchi ta’sir ko’rsatadi. Neytron bomba faqat odamlarni ommaviy qirish uchun mo’ljallanadi, bino va inshootlarga, tanklarga ziyon yetkazmaydi. Chet ellarda (masalan, AQSh da) 20-asr 70-yillarida yaratilib, sinovdan o’tkazilgan, amalda qo’llanilmagan.