Negativ

Negativ (lotincha negativus — manfiy, salbiy) — 1) oq-qora yoki rangli qismlari ob’yektning asliga qarama-qarshi bo’lgan fototasvir. Negativda oq joylar qoramtir, qora joylar oqish bo’lib ko’rinadi. Rangli Negativda tasvirni suratga olinayotgan ob’yektning qo’shimcha rangi bilan, masalan, yashil rang qizil bilan, zangori rang sariq va boshqalar bilan beriladi; 2) teskari tasvirli foto yoki kinoplyonka, foto-plastinka; N.ni maxsus eritmada ochiltirib, mustahkamlab, yuvib, quritib, Negativ tasvir hosil qilinadi. Negativ maxsus eritmada ishlab, pozitiv tasvir, ya’ni ochiltirilgan to’g’ri tasvir olinadi.