Naftalin
Naftalin (Yunoncha naphtha — neft), S|0N8 — aromatik uglevodorod; kondensatlangan 2 ta benzol halqasidan tuzilgan. Rangsiz, o’ziga xos hidli plastinkasimon kristall. Molekulyar modda 128,2, Suyuqlanish temperaturasi 80,3°, qaynash temperaturasi 218°. Zaharli, zichligi 1025 kg/m3. Suvda oz, spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Toshko’mir chirki (dyogoti)dan olinadi. Naftalin ko’pgina organik yarim mahsulotlar, bo’yagichlar (naftollar, naftilaminlar va ularning sulfokislotalari), plastifikatorlar, suyultirgichlar, sirt faol moddalar va boshqa olishda boshlang’ich mahsulot hisoblanadi. Naftalinning yaqin gomologlaridan — metilnaftalinlar o’simliklarning o’sish regulyatorlari sifatida, polimetilnaftalin insektisid sifatida, Naftalinning sulfokislota tuzlari emul’gatorlar sifatida ishlatiladi.