ATAVIZM
ATAVIZM (lotincha atavus — ajdod) — muayyan to’rning ayrim organizmlarida uning uzoq ajdodlarida mavjud bo’lgan, biroq evolyutsiya davomida yo’qolib ketgan belgilar paydo bo’lishi. Otlarda uchta barmoq bo’lishi, ko’p emchakli, dumli yoki butun badani jun bilan qoplangan bolalar tug’ilishi Atavizmga misol bo’ladi. Atavizmning ontogenezda paydo bo’lishi mazkur belgini yuzaga keltiradigan genlarning tur evolyutsiyasida saqlanib qolganligi, biroq normal rivojlanayotgan organizmda ular ta’sirining yo’qolishi bilan bog’liq. Juda ko’p avlodlardan so’ng to’rning ayrim organizmlari ontogenezida genlar ta’sirini yo’qotib turadigan to’siq yo’qolishi tufayli mazkur belgi qaytadan yuzaga chiqishi mumkin. Atavizm to’rning ajdodini ko’rsatib beradi, shuning uchun Darvin Atavizm hodisasini evolyutsiyaning dalillaridan biri deb isbot etgan. Atavizm ayrim organizmlarda paydo bo’lishi bilan rudimentlardan farq qiladi.