Taqlid so’zlar
Taqlid so’zlar – ma’no va shakliy xususiyatlariga ko’ra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va boshqa jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakatholat obrazini taqlidan ifodalovchi so’zlar. Taqlid so’zlarning ba’zilari tovushga taqlidni bildiradi, ba’zilari esa harakat-holat va hodisa obraziga taqlidni ko’rsatadi. Shunga ko’ra Taqlid so’zlarning 2 turi farqlanadi: tovushga taqlidni bildiradigan so’zlar; obraz (tasvir)ga taqlidni bildiradigan so’zlar. Tovushga Taqlid so’zlar eshitish bilan, obrazga Taqlid so’zlar ko’rish bilan aloqadordir, ya’ni tovushga Taqlid so’zlar ifodalagan tovushni faqat eshitish mumkin (qarsqurs, taq, dukduk, g’iyq, miyov kabi); obrazga Taqlid so’zlar ifodalagan holat, harakatni faqat ko’rish mumkin (jivirjivir, liplip, yaltyult, hangman kabi).