Trinitrotoluol

Trinitrotoluol, trotil, tol, S7n5 O6N3 — portlovchi modda; rangsiz, lekin saqlanganda sarg’ayadigan kristall. Molekulyar modda 227,13. Atseton va benzolda yaxshi, suvda oz eriydi; suyuqlanish trasi 80,85°, zichligi 1641 kg/m3 (25° da). Kimyoviy barqaror, uzoq vaqt mobaynida parchalanmaydi va portlash xususiyatini yo’qotmaydi. Portlaganda ko’p miqdorda zaharli uglerod (II)oksid (so) hosil bo’ladi. Trinitrotoluol toluolni nitrat va sulfat kislota aralashmasi bilan nitrolab hosil qilinadi. Trinitrotoluol o’qdorilarda va portlatish ishlarida qo’llanadi.