Tokcha
Tokcha — xona devoriga ishlangan, uyro’zg’or buyumlari terib qo’yiladigan maxsus joy. O’rta Osiyo turar joy me’morligida mehmonxona to’rining 2 yoniga (o’rtasiga taxmon), yotoqxonaning o’rtasiga kiyimlar taxlash uchun (2 yoniga sandiq qo’yilib ko’rpayostiq taxlangan) ishlangan. Tokchaning eni va bo’yi taxlanadigan buyumlarning shakliga qarab, 3-5 pog’onali bo’lib, turli naqshinkori bezaklar bilan pardoxchangan. Ganchkori bezaklar bilan bezatilgan kosamon Tokchalar xonaga alohida ko’rk bag’ishlaydi. Hozirgi javon va shkaf kabilardan foydalanilmoqda.