Toldiqo’rg’on

Toldiqo’rg’on – Qozog’iston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar (1944 yildan), Olmaota viloyati markazi. Qoratol daryosi bo’yida. Jung’ariya Olatovi etaklarida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 94,2 ming kishi (2003). 19-asrning 2-yarmida Gavrilovka qishlog’i (1920 yildan Toldiqo’rg’on) o’rnida vujudga kelgan. 1930 yildan Qozog’istonning Olmaota okrugi, Toldiqo’rg’on tumani markazi. 1967 yildan — 1998 yilgacha Toldiqo’rg’on viloyati markazi. Toldiqo’rg’onda akkumulyator, meva, konserva zavodlari; tikuvchilik, poyabzal, mebel fabrikalari, qurilish materiallari kombinati, pedagogika institut, tarixo’lkashunoslik muzeyi, teatr bor. Aeroport, avtovokzal ishlab turibdi.