Nyu-Xempshir

Nyu-Xempshir — go’sht va tuxum uchun boqiladigan tovuq zoti. 20-asr boshlarida AQSh (Nyu-Xempshir shtati)da Red-ayland tovuq zotidan tanlash yo’li bilan yaratilgan. 1935 yilda Amerika mukammallik standartiga kiritilgan. Pati tillarang-sariq yoki och jigarrang. Tovuqlari tez yetiladi. Xo’rozlarining vazni 3,2—3,5, tovuqlariniki 2,6— 2,7 kilogramm, yiliga o’rtacha 180-190 tuxum qiladi. Tuxumi vazni 60-62 gramm, puchog’i sarg’imtir-jigarrang. Kupgina mamlakatlar (Germaniya, Gollandiya, AQSh)da Nyu-Xempshir bilan Leggorn zotini chatishtirib, yiliga 280-310 dona tuxum qiladigan jigarrang patli krosslar yaratilgan (lomann-Braun, Xaylayn va boshqalar). O’zbekiston parrandachilik xo’jaliklarida Lomann- Braun Krossi tovuqlariningtuxumlari keltirilib ko’paytirilmoqda (2003).