Nuer

Nuer (o’zlarini Naas deb atashadi) — Janubiy Sudan (1,6 million kishi, 1990-yillar o’rtalari) va Efiopiyaning qo’shni tumanlarida (100 ming kishi) yashovchi nilotlar guruhiga mansub xalq. Togonaas tilida so’zlashadi. An’anaviy e’tiqodlarga amal qilishadi. Asosiy mashg’ulotlari — yaylov chorvachiligi (zebu, qo’y, echki), dehqonchilik (makkajo’xori, loviya, yer yong’oq, kunjut, tamaki), terimchilik, ovchilik, baliq. ovlash. Hunarmandchilik sohalari — temirchilik, kulolchilik, terini qayta ishlash, palma barglarini to’qish.