Qori Qunduziy
Qori Qunduziy (taxallusi; asl ismi Imomali Sulton Muhammad) (1786, Qunduz shahri, Afg’oniston — 1857, Qo’qon) — shoir va tarixchi. Tug’ma ko’r bo’lgan. Buxoroda tahsil olib, u yerda «Hofizi Qur’on» bo’lib tanilgan. Arab tilining sarf va nahvi, fiqh, hadis va adabiyot ilmini chuqur bilgan. Amir Umarxon (1787-1822) Qo’qon taxtiga o’tirgach, Qori Qunduziy ham Qo’qon shahriga butunlay ko’chib kelgan. O’zbek va fors tillarida ijod qilgan. Qo’qon shoirlari va olimlari orasida ham yuksak e’tiborga ega bo’lgan. Abdulkarim Fazliy ham o’zining «majmuai shoiron» tajirasida uni «fiqhu tafsirdan xabardor», «ahodis mazmuni va she’r qonunidan boxabar». «kalomi Majid zamirini Ravshan qiluvchi sirlar qulfiga tili kalit» ekanligini alohida ta’kidlagan. Qori Qunduziy «Mahfiy» VL «Komiy» taxalluslari bilan ijod qilgan. G’azal, tz’rix va muammolar szgan. Asosan, she’rin ta’rixlarpi o’zida jamlagan «Tavorixi manzuma» («nazmiy ta’rixlar») asarp bizgacha to’la yetib kelgan. Asar 19-asr o’zbek mumtoz adabiyotining Nodir namunalaridan bo’.tish bilan birga, Quqon xonlign tarixnni yorituvchi muhim tarixiy asarlardan biri hisoblanadi. Bu asarda asosan, 1822-48 yillarda xonlik tarixida muhim o’rin tutgan taniqln siymolar: xonlar. Vazirlar. qozilar, mingboshilar. shoirlar. olimlarning vafot sanalari. Ba’zi binolarning qurilsh yillari va boshqa ayrim muhim sanalar she’riy yo’sinda go’zal ifoda etilgan. Masalan, Zahirnddin Muhammad Bobur, Amir Umarxon kabi podshohlar, ado, Maxmur. Nola, Vazir kabi shoirlarning vafot sanalari, Nodirabegim va Muhammad Alixonning Amir Nasrullo tomonidan razilona va vahshiyona o’ldirilishi, Olloqulixon vafoti, Sheralixon, Xudoyorxonlarning taxtga o’tirishlari kabi voqeatar she’riy ta’rix qilingan. Qori Qunduziyning muammo janriga bagishlangan «Hall ul-Faroid» (Muammolarni echish yo’llari), shariat qoidalariga doir «Viqoya» asari asosila «Sharhi Viqoya» nomli kitoblar yaratgan haqida ham ma’lumotddr bor. Ad.: Qayyumov P, Tarixi Qayyumiy |1-kitob], T., 1998.