AUKSINLAR

AUKSINLAR (Yunoncha aixo — o’stiraman) — o’simlik organizmida paydo bo’ladigan, uning o’sishi uchun zarur fiziologik faol moddalar. Hozir Auksinlarning uch xili ma’lum: a-auksin (auksentriol kislota — S18N32O3), fi-auksin (auksenolon kislota — S|8N30O4) va geteroauksin (R-indolilsirka kislota — S10N, O). Auksinlar kristall holda bo’ladi. Geteroauksin sintetik yo’l bilan hosil qilingan. Auksinlar o’simliklarning o’sishini tezlatish, yangi eqilgan kalamchaning yaxshi ildiz otishi, daraxtdagi mevalarning barvaqt to’kilishini to’xtatish, ba’zan o’simlik hosildorligini oshirish uchun ishlatiladi.