Nurmatov Hojiakbar
Nurmatov Hojiakbar (1944.25.11, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1968). 1966 yildan Hamza teatri (hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatri)da aktyor. «Alisher Navoiy» (Uyg’un, I. Sulton) spektaklidagi Mo’min Mirzo uning sahnadagi ilk obrazidir. Podkolyosin (N. Gogol, «Uylanish»), Frans Moor (Shiller, «Qaroqchilar»), Ibn Sino (Uyg’un, «Abu Rayhon Beruniy»), Protasov (L. Tolstoy, «Tirik murda»), Nodir (E. Vohidov, «Oltin devor»), oq yigit (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Gloster (Shek- Spir, «Qirol Lir»), kuyov (U. Nazarov, «Oyna»), Sodiq (O’. Umarbekov, «Qiyomat qarz»), erkak (Sh. Boshbekov, «Takdir eshigi»), Iskandarning otasi (A. Navoiy, «Iskandar») va boshqalar teatrdagi eng yaxshi rollaridan. Videofilmlar: domla («Domla»), mayor Soliev («shaytanat» va boshqalar) va kinoda ham bir qancha rollar o’ynagan: Ravshan («yigit va qiz»), doni Islomovich («bir muddatli daho»), Mahmud («Farishta olov ichra»), Karimov («Abdullajon»), Uka («Kichkina tabib»), Alisher («Osmondagi bolalar»), Murod aka («kalish»), aka («Notanish polvon»), tergovchi («tuhmat») va boshqalar 2000 ga yaqin film («ishdagi ishq», «olovni bo’ysundirish», «Bobbi», «Podshoh», «Qirol Lir», «Ivan Vasilevich o’z kasbini o’zgartiradi», «Dallas», «Mahabharata» va boshqalar) dublyajida qatnashgan.