Neyrogormonlar

Neyrogormonlar (neyro… va gormonlar), neyrosekretlar — neyrosekretsiya hujayralari ishlab chiqaradigan biologik faol moddalar. Neyrogormonlar nerv uchlarida mediatorlardan hosil bo’ladi, biroq gormonlar kabi, qon yoki to’qima suyuqligiga o’tadi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra, ko’pchilik Neyrogormonlar peptidlar (vazopressin, kortikolbrin va boshqalar), ba’zilari katexolaminlardir. Sut emizuvchilarda Neyrogormonlar manbai bosh miyadagi gipotayumusning neyrosekretor hujayralari hisoblanadi. Neyrogormonlar ba’zi endokrin bezlarning hujayralari faoliyatini boshqaradi, shuningdek, boshqa a’zolar hujayralariga xam ta’sir etadi. Peptid Neyrogormonlar biosintezi neyron tanasidagi endoplazmatik to’rda sodir bo’ladi.