Niagara sharsharasi

Niagara sharsharasi – shimoliy Amerikadagi sharshara, yeri va ontario ko’llarini birlashtirib turuvchi Niagara daryosida. Bundan 8-9 ming yil oddin dolomitli ohaktosh va gilli slaneslardan tuzilgan jarlikda hosil bo’lgan. Niagara sharsharasi Orol bilan 2 qismga (chap tomonda — Kanada hududidagisining kengligi 800 metr, balandligi 48 metr, o’ng tomonda — AQSh hududidagisining kengligi 300 metr, balandligi 51 metr) bo’lingan. Yirik GES qurilgan. Niagara sharsharasi yonidan, Kanada tarafida, kema qatnaydigan kanal qazilgan. Turistlar ko’p keladi.