Ne’matov Soyibjon Sodiqovich
Ne’matov Soyibjon Sodiqovich (1941. 16.4, Andijon) — kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1994), texnika fanlari Dktori (1980), professor (1984), Toshkent politexnika institutini tugatgan (1965). Toshkent avtomobil yullari institutida kafedra mudiri (1972— 78), O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari (1978— 85), Toshkent politexnika instituti «Kompozitsiya materiallar» ilmiy tadqiqot bo’limi mudiri (1985- 89), «kompozit» ilmiy-texnika markazi bosh direktori (1990-92), «fan va taraqqiyot» ilmiy-texnologiya kompleksi raisi (1992 yildan). Asosiy ilmiy ishlari qattiq jismlar mexanokimyosi, moddalarning radioaktivlik, magnit maydoni, elektr quvvati ta’sirida ishqalanishini kamaytirish, tebranish quvvatini yutish, energiya va moddiy resurslarni tejashga imkon beradigan texnologiyalarni kashf etishga oid. Uning rahbarligida polimer materiallar va sanoat chiqindilari asosida samarali antifriktsion, yeyilishga va emirishga bardoshli, tebranishga chidamli kompozitsion materiallar olinib, mashinasozlik, qurilish, qishloq xo’jalik va boshqa sohalarda qo’llangan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000). As: Adgezionnie i prochnostnie svoystva polimernix materialov i pokritiy na IX osnove, T., 1979; Osnovi sozdaniya polimernix kompozitov, FRG, SSHA, Yaponiya, T., 1986; kompozision-Nie materiali na osnove neorganicheskix i organicheskix vetshestv, T., 1994.