Mo’minov Akbar Nishonovich
Mo’minov Akbar Nishonovich (1935.5.12, Andijon) — raqqos, ba- letmeysterrej. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1974). Tosh- kent xoreografiya bilim yurtini (1955), Moskva teatr san’ati in-tini (1965) tugatgan. O’zbekiston ashula va raqs ansamblida (1965-68), O’zbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1968— 69), Samarqand opera va balet teatri- da (1969-75), «shodlik» ansamblida bosh baletmeyster (1976-78). 1978-97 y.lar Toshkent madaniyat in-tida peda- Gog, 1997 y.dan Toshkent milliy rake va xoreografiya oliy maktabida o’qituvchi, 2001 y.dan «o’zbek raqsi» kafedrasi mu- diri. «Franchesko da Rimini» (P. Chay- kovskiy), «Samarqand afsonasi» (g. Mu- shel), «Gulsanam» (M. Yusupov), «Sevgi taronasi» (F. Bahor) kabi baletlarni, «Zafar» (H. Rahimov), «Oyjamol» (I. Hamroev), «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov, B. Brovsin), «Nodirabegim» (X. Sulto- Nov) singari musiqali drama spektak- llarning raqslarini sahnalashtirgan. M. yirik sahna asarlaridan tashkari om- maviy va yakka raqs sahnalarini yaratgan («Jon O’zbekiston» raqs-syuita, «yigit- lar raqsi», «Navro’z», «dugonajonim», «Munojot», «Keldimu», «Cho’ponlar», «Terimchi qiz», «Hilola» va b.).