Mozambik
Mozambik (Mocambique), mo- zambik Respublikasi (Republica de Mozambique) — Afrikaning Jan,- Sharqiy sohilidagi davlat. Mayd. 801,6 ming km2. Aholisi 19,4 mln. Kishi (2001). Poytaxti — Maputu sh. Ma’- muriy jihatdan 11 viloyat (provincia) ra bo’linadi. Maputu sh. ham viloyat maqomiga ega. Davlat tuzumi. M. — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi hamd- o’stlik a’zosi. 1990 y. 30 noyab.da qabul qilingan Konstitusiya amal qiladi. Dav- lat boshlig’i — prezident (1986 y.dan Joakim Albertu Chissano). U umumiy yashirin tug’ri ovoz berish yuli b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyat — Respublika Assambleya- si (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezident zimmasiga yuklatil- gan. U Vazirlar Kengashiga rahbarlik qiladi, vazirlarni, shu jumladan, bosh vazirni tayinlaydi. Tabiati. Qirg’oqning umumiy uz. 3000 km ga yaqin. Qirg’oqlari qoyali, tik, o’rtacha balandlikda, Jan.da past, yassi, ayrim joylarda botqoqliklar bor. Mam- lakatning shim. qismida Sharqiy Af- Rika yassitog’ligi joylashgan, u g’arbdan sharqqa zinapoyasimon pasay-ib boradi. Hududning kattagina semiki Mozam- Bik paettekisligi egallaydi. Foydali qazilmalardan kumir, uran va temir ru- dalari, asbest, fosforit, slyuda, oltin, sharkda berilliy, niobiy, tantal, litiy ruda konlari bor. M.ning shim. qismida iqlim subek- vatorial mussonli, Jan.da tropik, pas- satli. Mozambik paettekisligida yanv. ning urtachi t-rasi 26°-30°, iyulniki 15°-20°, yassitog’likda (qish va ezda) 3°-5° dan past. Yillik yogin 750-1000 mm, sohilda 1500 mm gacha. Yirik daryola- ri — Zambezi, Limpopo, Savi, Ruvuma. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Yi- rik sut emizuvchilar, asosan, qo’riqxona va milliy bog’larda saqlanib qolgan. Chunonchi, Gorongoza milliy bog’ida fil, begemot, arelon, timsohlar, Marrumeu qo’riqxonasida Kafr buyvollari yashaydi. O’rmonlarda maymun kup. Turli ilon va qushlar uchraydi. M.da ba-Nine, Zinave, Bazaruto milliy boglari ham bor. Aholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, Tsonga, Malavi, shona)dan iborat. M.ning shim. qismida Sharqiy bantu xalqlari, Jan. qismida Jan. -Sharqiy bantu xalqlari yashay- Di. Evropa va Osiyodan kuchib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy til — portugal tili. Mahalliy tillardan — shim.da imakua va chinyanja, Jan.da chiShona va shangoalan tillarida ko’proq gaplashiladi. Aholining 70% mahalliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% shaharlarda yashaydi. Yi- rik shaharlari: Beyra, Maputu, Nampula. Tarixi. M.ning eng qad. aholisi Bush- menlar va gottentotyaaranr. Keyinchalik M.ga bantu tilida so’zlashuvchi qabilalar kelib o’rnashgan. Mil. 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlarida M. hududida Monomotap davlati vujud- ga keldi. 8-a.daarablar, 16-a. boshlarida portugallar bostirib keldi. 1629 y.gi og’ir shartli bitimdan so’ng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe bo’lib qoldi. 17-18-a.larda Portugaliya mustamla- kachilari M. hududida qul savdosi b-n shug’ullandi. 1752 y.dan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohilidagi erlarida generalkapitan boshliq mustamlaka ma’- muriyati ta’sis etildi. 1909 y. Portuga- liya Jan. Afrika itti-foqi ma’muriyati b-n har yili M. mahalliy aholisidan 100 ming ishchini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuborish haqida Konventsiya tuzdi. 1920 y. M.dan kelgan afrikalik ta- labalar Lissabonda vatanparvarlar tashkiloti — Afrika ligasini tuzdi. Keyinchalik M.da Afrika assosiasi- yasi, mozambikliklar assosiasiyasi va b. tashkilotlar yuzaga keldi. Bu tashkilot- lar mustamlakachilikka qarshi tuzilgan edi. 1925 y. transport ishchilari va do- kerlar, 1949 y. Lorensu-Markish (hoz. Maputu)da ishchi va dokerlarning ish tashlashlari bo’lib o’tdi. 1964 y. 25 sent. da M.ni ozod qilish fronti – freli- Mo (1962 y.da tuzilgan) rahbarligida quroldi qo’zg’olon boshlandi. Portugaliya qo’shinlariga qarshi qurolli kurash ja- rayonida FRELIMO o’z armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okrugla- rida, 1968 y.dan Tete okrugi atrofida jang boshladi. 1973 y. oxirida mamlakat hududining ‘/4 qismi FRELIMO nazora- tiga o’tdi. 1974 y. 25 apr. da Portugaliya- da fashis-tlar istibdodi ag’darilgach, 1974 y. 5 sent. dan Portugaliya muvaqqat hukumati b-n FRELIMO o’rtasida mu- zokara olib borildi va 20 sent.da M.da hokimiyat muvaqqat hukumat qo’liga o’tdi. 1975 y. 25 iyunda M. rasman mustaqil davlat maqomiga ega bo’ldi. 1990 y. noyab. gacha mamlakat M. Xalq Respublikasi, so’ng M. Respublikasi deb ataldi. M.ni ozod qilish fronti hamda respublika hukumati keng ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlarni nazarda tutgan dastur ish- lab chiqtsi va uni amalga oshirishga ki- rishdi. Biroq portugallar ko’plab ketib qolishi natijasida malakali mutaxas- sislar etishmay qoldi. Ko’pgina sanoat korxonalari to’xtadi, q.x. ekinzorlari huvillab qoldi. Tashqi qarz oshdi, tashqi savdo qiyinlashdi. FRELIMO partiyasi sanoat va q.x.ni rivojlantirishga in- tilib, muhim iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy tadbirlar o’tkazdi. An’anaviy xususiy xo’jaliklarga keng yo’l Ochil- Di. Qo’shilmaslik va barcha mamlakatlar b-n do’stlik tashqi siyosatga asos qilib olindi. M. — 1975 y.dan BMT a’zosi. 1991 y. 27 dek.da O’zR suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami -25 iyun — Mustaqillik kuni (1975). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. M.ni ozod qilish fronti (freli- Mo) partiyasi, 1962 y. 25 iyunda tuzilgan; M. milliy qarshiligi partiyasi, 1976 y.da asos solingan. M. mehnatkashlari tashkiloti kasaba uyushmasi, 1983 y.da tashkil etilgan. Xo’jaligi. M. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ning ulushi 46%, sanoatning ulushi 27%. Qishloq xo’jaligi. M.da er fon- Di 78,3 mln. gektarni tashkil etadi, uning 44,4 mln. gektari pichanzor va yay- lov, 19,4 mln. gektari o’rmon va siyrak o’rmon. Dehqonchilikka yaroqli 15 mln. gektar erning faqat 5-6 mln. gektari- dan foydalaniladi, qurg’oqchilik yil- larida bundan ham kamayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida moyli palma, er yong’oq, kungaboqar asosiy o’rin oladi. Maputu, Beyra, Nampula sh.lari atrofi- da oziq-ovqat mu-ammosi qisman banan, loviya, pomidor va b. sabzavot hisobiga hal etiladi. Inyambane va Nampula VI- loyatlarida maniok, Zambeziya va Maputu viloyatlarida makkajo’xori, oq jo’xori ko’proq ekiladi. Eng muhim ekinlar qatoriga keshyu yong’og’i, paxta, Shaka- rqamish, kopra, tsitrus mevalar kiradi va ko’p qismi eksport qilinadi. Sizal, jut, tamaki, choy ham etishtiriladi. Chorvachiligi, asosan, ichki iste’- molni ta’minlaydi. Tsese pashshasi bo’lmagan Gaza, Maputu viloyatlari, shu- ningdek, Manika va Sofala vilo-yatla- rining bir qismi muhim chorvachilik makonlaridir. Qoramol, echki, cho’chqa, qo’y boqiladi. Dengizda baliq va b. suv joni- vorlari ovlanadi. Sanoati ning asosiy tarmoqlari, oziq-ovqat va engil sanoat, energetika, neft sanoati, kimyo sanoati, kora me- tallurgiya, qurilish materi-allari sa- noati va b. Maputu va Beyra sh.larida un, araxis,kungaboqar yog’i, pivo, qand- shakar, baliq konserva, go’sht va keshyu yong’og’ini qayta ishlash korxonalari bor. Shimoyodagi meva konservalari va shar- BAT i. ch. z-Di Afrikadagi eng yirik shun- Day korxonalardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi 40 ta to’qimachilik kor- xonasidan 14 tasi Maputuda joylash- gan. Ularda paxta, shuningdek kopra, sizal va jutdan turli buyumlar ishlab chiqariladi. Beyrada paypoq f-kasi, Shimoyoda jutdan qopqanor, Nakala- da sizaldan yo’g’on va ingichka arqonlar to’qiydigan f-ka bor. Maputu poyab- zal f-kasi yiliga 1 mln. juft Maputu shahridagi milliy teatr, oyoq kiyim ish- lab chiqaradi. Maputu, Beyra, Nampula, Shimoyo, Inyamin-geda yog’ochsozlik va mebel f-kalari, tsellyulozaqog’oz k-ti mavjud. Maputudagi mashinasozlik kor- xonalarida va-gonlar ishlab chikariladi, avtobus, motosikl, velosiped, sovitkich yig’iladi, kabel ishlab chiqariladi, ke- malar ta’mirlanadi. Maputu, Dondo, Na- kalada tsement z-dlari bor. Toshko’mir, mis, siyrak metalli rudalar, diatomit qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 490 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. M.ning asosiy transport yo’llari M. portlari orqali qo’shni mamlakatlar — Zimbabve, Malavi, Svazilend va JAR o’rtasida tranzit yuk tashilishini ta’- minlashga xizmat kiladi. T.y. — trans- portning eng muhim turi. Uz. 3843 km. Avtomobil yo’llari tarmog’ining uz. 39 ming km. Beyra — Mutare neft kuvuri qurilgan. Asosiy dengiz portlari: Ma- Putu, Beyra, Nakala, Kelimane. Xalqaro aeroportlari: Mavalane (Maputuda) va Beyra. M. chetga mayda Qisqichbaqa, ke- Shyu yong’og’i, kopra, tsitrus mevalar, choy, paxta, sizal, yog’och sotadi. Chetdan mashi- na va uskunalar, oziq-ovqat, pishloq, is- te’mol buyumlari, neft mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Portugaliya, JAR, AQSh, Yaponiya, Ispa- niya. Pul birligi — metikal. Mustaqillik e’lon qilinganidan so’ng aholiga tibbiy xizmatni yaxshilash choralari Ko’rildi: xususiy kasalxona va dispanserlar davlat ixtiyoriga olin- Di, bepul tibbiy xizmat joriy etildi, ba’zi doridarmonlar bepul beriladigan bo’ldi; aholini qizamiq, bezgak, sil ka- salligiga karshi emlash yo’lga qo’yildi. Maputuda bezgak va b. yuqumli kasalli- klarni ta-dqiq qiluvchi xalqaro Mar- kaz ochilgan. Maputu untining tibbiyot f-tida vrachlar tayyorlanadi. M.lik yosh – lar chet ellardagi tibbiyot oliy va o’rta o’quv yurtlarida ham ta’lim olib kela- yotir. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’- rifiy muassasalari. M. mustaqillikka erishgach (1975), maorif ishlari avj oldi. Savodsizlikni tugatish va katta eshdagilarga ta’lim berish milliy bo- shqarmasi tuzildi, muallimlar tayyo- rlovchi 6 oylik maxsus kurslar ochildi. Yagona dunyoviy xalq ta’limi davlat ti- zimi, umumiy majburiy boshlang’ich ta’- lim joriy etildi. Hunartexnika ta’- limi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol sh.chasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial ped. tex- nikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Shakva va b. shaharlarda hunartexnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. M.dagi 6 ta maxsus o’quv yurti q.x. uchun mexaniza- torlar tayyorlaydi. Mazkur o’quv yurtlari va maktablar uchun o’qituvchilar E. Mond- dane nomidagi un-tda va maxsus markaz- larda tayyorlanadi. Ko’pgina yoshlar chet ellarga borib o’qib keladi. Maputuda E. Mondlane nomidagi un- t, ped. in-ti, M. ilmiytadqiqotlar in- ti, astronomiya va meteorologiya rasad- xonasi, paxta tadqiqoti in-ti, sog’liqni saqlash in-ti, geol. va konchilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, geol. xizmati kutubxona- si, munisipal kutubxona, axborot va hujjatlashtirish markazining kutubxo- nasi, Nampulada industrialped. texni- kumining kutubxonasi mavjud. 1980 y. Maputuda ishchilar uchun mamlakatda bi- rinchi ommaviy kutubxona ochildi. Mapu- tuda etn. va tabiat tarixi muzeyi, geol. muzeyi, inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy san’at muzeyi, Beyrada Etn. muzeyi, Nampulada badiiy galereya bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. M.da bir necha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «Vangu- Arda» («Avangard», portugal tilida chi- kadigan oylik gaz., 1989 y.dan), «Diariu Di Mozambik» («Mozambik kundalik ga- zetasi», portugal tilida chikadigan gaz., 1981 y.dan), «domin-gu» («yakshanba», portugal tilida chikadigan yakshanbalik gaz., 1981 y.dan), «Kampu» («dala», por- tugal tilida chiqadigan oylik gaz., 1984 y.dan), «Notisiash» («Yangiliklar», por- tugal tilida chiqadigan kundalik gaz., 1926 y.dan), «Tempu» («vaqt», Portu- gal tilida chiqadigan oylik jur., 1970 y.dan). M. axborot agentligi hukumat axborot agentligi bo’lib, 1975 y.da tu- zilgan. M. radiosi qukumatga qarashli radiost-ya, 1975 y.da asos solingan. M. televideniesi, hukumat xizmati, 1981 y.da tuzilgan. Adabiyoti. M. xalqlarining folklo- ri ko’p janrli va ko’p tilli bo’lishiga qaramay, kam o’rganilgan va yozma ada- biyotda to’liq ifodalanmagan. Ammo ko’pgina shoir va yozuvchilarning ijodida folklorning ta’siri sezilib turadi. M.da madaniy va ijtimoiy o’zlik namo- yon bo’lishining ilk shakli jurnalistika bo’lgan. Jurnalistika 20-a. boshlarida portugal mustamlakachilari o’tkazayotgan ma’naviy qorishish siyosatiga qarshi no- rozilik ifodasi tarzida paydo bo’ldi. 1918 y.da asos solingan «Bradu Afri- Kanu» haftanomasining afrikaliklar uyushmasi mu-stamlakachilikka qarshi ruxda bo’lib, unda aka-uka Juan va Joze Albazini hamda atoqli jurnalist, M. adabiyoti asoschisi E. Diash hamkorlik qildilar. M.da badiiy adabiyot Portu- gal tilida 20-a.ning 20-y.larida paydo bo’ldi, unda 2 ta — mustamlakachilikka tarafdor va unga qarshi yo’nalish tarkib topdi. Xalqchil adabiyot namoyandalari J. Albazini («g’am-g’ussa kitobi»), R. Di Noronya va b. mustaqillik ruhida Kito- blar yozishdi. 2jaxrn urushidan keyin M. adabiyotida realistik tamoy-il kuchaydi. J. Kraveyrine va Noemiya Di sozning otashin she’rlari, M. dush Santushning jo’shqin publisistikasi xalqni ozod- lik kurashiga ruhlantirdi. J. Dia- shning hikoyalar to’plami — «Godido» qullarcha itoatgo’ylikni itqitib tash- lashga chaqirdi. Key-ingi yillarda L. Bernardu Onvana va o. Mendish qurolli kurash bosqichlari, shoirlardan R. Nogar, E. Gebuza, S. Vieyra atrof dunyoni qayta qurish haqida yozdilar. Adabiyotning badiiy shakli o’zgarib, tili so’zlashuv nutqiga yaqinlashib borayotir. Yozuvchilar ma-xalliy bantu guruhi tili ga tobora tez-tez murojaat qila boshladi. Me’morligi, tasviriy va amaliy san’ati. Vumba tog’i yon bag’irlaridagi suratlar M. hududidagi eng qad. Yodgor- liklardir. Ular ohularning, yalang’och va kiyimli odamlarning qizil bo’yoqda tasvirlangan rasmlaridan iborat. O’rta asrlardan bir qancha shaharlarda por- tugal istehkomlari (Mozambik sh.dagi qal’a, Mozambik o.dagi San-Sebash-Tyan qal’asi) qolgan. Zamonaviy me’mor A. Gu- edish loyihasi asosida qurilgan murak- kab tuzilishdagi turar joylar va jamo- at binolari (Chikumbandagi q.x. maktabi, Inyambanedagi kottej va b.) shaharlar me’moriy qiyofasiga o’ziga xoslik baxsh etgan. Odatda, M. xalqlarining uylari 2 to-ifada quriladi. Dengiz sohilida turar joylar yog’och va chiviqlardan, to’g’ri burchak tarhli qilib solinadi va usti- dan loy b-n suvaladi, tomi 2 tomonga Nishab qilib, o’t-o’lan b-n yopiladi. Mam- lakat ichkarilarida esa uylar dumaloq, o’rtasiga ustun o’rnatilib, tomi konus shaklida qamish va shox-shabba b-n yopi- ladi. Uy devorlariga ko’pincha rangba- rang bo’yoklarda jonivorlar suratlari va turli rasmlar solinadi. Derazalarga naqshlar tushiriladi. 20-a.ning 2-yarmi- da shaharlarda evropacha imoratlar kuri- la boshladi. Amaliy va tasviriy san’ati- da yog’ochdan erkak va ayollarning, bola ko’targan onalarning haykalchalarini, turli shakllarni yasash, savat va bor- don to’qish, zarang idishlar yasash va ularni bezash odat bo’lgan. Oshqovoq po’stlog’idan idishlar qilinadi, sopol idishlarga botiq va bo’rtma naqshlar tushiriladi. Uy eshiklari, mebellar o’ymakorligi urf bo’lgan. 19-a.ning 40-y. laridan milliy rangtasvir maktabi Vu- judga kela boshladi (birinchi rassom ayol Bertina Lopish). 50-y.larda bir guruh rassom va haykaltaroshlar voyaga etdi (rassomlar V.G. Malangatan va A. Chissa- nu, haykaltarosh N. Langa, rangtasvirchi V. Mankeu, Mashaana, Mukaveli va b.). Musiqasi. M. musiqiy madaniyati qad. Xalq urf-odatlari, to’ytomoshalar, chaqaloq tug’ilishini nishonlash kabi marosimlar musiqasiz o’tmaydi. Qo’shiq, raqs, mashshoqlik xalq kundalik hayotiga singib ketgan. Urib chalinadigan asbo- blar xilma-xil bo’lsa ham, ammo ksi- lofon asosiy o’rinda turadi, uning 50 dan ortiq turi mavjud. Ansambllar- da do’mbira va ksilofondan tashqari, qarsildoq, shiqildoq va qo’ng’iroqlar katta o’rin tutadi. Puflama cholg’ular orasida bambuk va qamish naylar, suyak va yog’och hushtaklar, burg’ular, tilcha- li-klavishli chol-g’ulardan mbira, bir torli sozlardan kamonsimon chitende, katimbva, g’ijjakka o’xshagan takare, Rebeka va b., ko’p torli tsitra (bangue, Pango) ommalashgan. Musiqiy asboblar chalish, asosan, erkaklarning ishi bo’lsa, qo’shiqlarni erkaklar ham, ayollar ham aytaveradi (ammo aralash xor kamdankam uchraydi). M.da an’anaviy musiqa b-n bir qatorda Arab va portugal musiqiy mada- niyati ta’siridagi qo’shiq va raqslar ham paydo bo’ldi. Musiqa san’atini targ’ib qilish uchun Milliy qo’shiq ansambli tu- zilgan. Kinosi. Dastlabki hujjatli lenta- lar: «Nachingvea» (1974) va «Rovumdan Maputugacha» (1975)da milliy ozodlik kurashidagi g’alabalar aks ettirildi. Ularda savodsizlikni tugatish, tur- mushdagi poklik va ozodlik mavzula- ri ham aks etgan. 1975 y.da tuzilgan Milliy kino in-ti filmlar i.ch. va prokat qilish, kino axborot tarqatish va b. mamlakatlar b-n kino ayirbosh- lash b-n shug’ullanadi. «Yigirma besh» (1977, rej. Z.S. Korrea va S. Lukash), «Mustaqillik yili» (1978, rej. F. Sil- va), «Leopold» operasiyasi» (1980, rej. K. Di Soza), «ozod ovozlar» (1981, rej. J. Koshta) salmoqli filmlar jumla- siga kiradi. «Mueda: qirg’inbarot xoti- ralari» (1980, rej. R. Gerra) deb atalgan birinchi tuda metrajli badiiy film milliy ozodlik kurashini ifodalaydi. Birinchi rangli film «Kuyla, biroda- Rim» (1982) milliy musiqiy festival- larga bag’ishlangan. Multfilmlar ham yaratila boshladi.