Malayziya

Malayziya (Persekutuan Tanah Malaysiu) — Jan.-Sharqiy Osiyodagi davlat. X,ududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; G’arbiy M. (Malayya) Ma- lakka ya. o.ning Jan.da, Sharkiy M. Kali- mantal o.ning shim. qismida joylashgan. Mayd. 332,8 ming km2. Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Kuala-Lumpur sh. Ma’muriy jihatdan 13 shtat va 2 Fe- deral hududga bo’linadi. Davlat tuzumi. M. — Federativ dav- lat, konstitusiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibida. Amaldagi Konstitusiyasi 1963 y.da kabul kilingan, unga Malayya federasiyasining 1957 y.gi Konstitusi- yasi asos kilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — oliy hukmdor (podshoh, 2001 y. 12 dek. dan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd nutra Jamolullayl), u 9 Malayya kengashida yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Tabiati. M. ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka ya. o.ning katta qismini tepaliklar, past va o’rtacha ba- landlikdagi tog’lar (bal. 1000-2000 m; eng baland joyi — Taxan tog’i, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) paettekislik. Kalimantan oro- lining sohillari ham tekislik, o’rta qismi tepaliklar va 2000-2400 m ba- landlikdagi tog’lardir. M.dagi eng ba- Land joy — Kinabalu tog’i (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrog’ida subekvator mussonli iqlim. O’rtacha oy- lik t-ra yil davomida 25°-28°, yillik yog’in sohillarda 2000-5000 mm. Daryola- ri (Rajang, Paxang, Baram, Kinabatangan va b.) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, paettekisliklarda allyuvial tuproklar. Er yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik o’rmon. Palma, bambuk, tog’larida eman, dafna va b. o’sadi. O’rmon hayvonlari ko’p. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, Himolay ayig’i, yo’lbars, qoplon, yovvoyi buyvol- lar, shuningdek, maymun, timsoh, bo’g’ma ilonlar bor. Tropik o’rmonlarning o’simlik va hayvonot dunyosi Taman-nega- ra, Bako milliy bog’larida qo’riqlanadi. Aholisining 54% malayyalar, 34% xitoylar, 10% hindlar va b, Davlat tili — Malayziya tili, Davlat dini — Islom, Shahar aholisi 43%. Yirik shaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, Joxor- Baru va b. Tarixi. M. hududida odam ilk Paleo- lit davridan yashaydi. Mil. AV. 3—1ming yilliklarda Malakka ya. o.ga Xitoyning Jan.-g’arbidan avstronez qabilalar ke- lib o’rnashgan. Mil. 1ming yillik bosh- larida Markaziy Sumatradan Malayya- larning ajdodlari ko’chib kelgan. Malakka ya. o. aholisining Hindiston b-n savdo va madaniy aloqalari bu erda ilk davlatlarning yuzaga kelishida kat- ta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka ya. o.ning shi-m.da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3-14-a.larda o’zidan kuchliroq qo’shni davlatlarga tobe bo’lgan. 15-a.da va 16-a. boshlarida Malakka ya. o., Riau arxipelagi va Sumatra o.ning Sharqiy qismi Malakka sultonligi qo’l ostida birlashtirildi. 1511 y. Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. M. hududining g’arbiy qismi — Malayya- da bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi — Joxor 16— 18-a. larda butun Malayya ni o’z hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641 y. Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-a. oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari ta’sir ko’rsata boshladi. 1786-1888 y.lar davomi- da inglizlar hoz. M. hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilar- ga karshi urush hamda qo’zg’olonlar bo’ldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.). 2-jahon urushi davrida M.ni yapon armiyasi bosib odni. 1943 y. M.da bo- skinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzil- Di. 1945 y. 2 sent.da yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat or- gani — xalq qo’mitalari tuzildi. Ko’p o’tmay ingliz mustamlakachilari M.ga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibi- ni o’rnatishga harakat qildilar. Ayni vaktda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yo’li b-n Pu- tur etkazishga intildilar. 1946 va 1948 y.lardagi Konstitusiya islohotiga ko’ra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946 y.dan Malayya Ittifoqi va 1948 y.dan Malayya Federasiyasi deb ataddi. 1946 y. Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948 y. iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga o’tdi. 1949 y. Fev.da Malayya xalqining ozod- lik armiyasi tuzildi. 1955 y. Malayya Fe- derasiyasining qonun chiqaruvchi kenga- shiga saylovda federasiyaning Britaniya Hamdo’stligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan uch partiya Ittifoqi (1957 y.dan Ittifoq partiyasi) g’alaba qozondi. 1957 y. 31 avg. da Malayya Federasiyasi mustaqilligi e’lon qilindi. 1963 y. 9 iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federasiyasi, Singapur, Sabax va sa- ravak o’rtasida M. Federasiyasi tashkil topganligi to’g’risida o’zaro bitim imzo- landi; 1965 y. M. b-n Singapur hukumati o’rtasida kelishmovchilik bo’lib, singa- pur Federasiya tarkibidan chiqib ketdi. M. 1963 y.dan BMT a’zosi. 1992 y. 1 yanv. da uzr b-n diplomatiya munosabatlarini o’rnatgan. M.ning milliy bayrami — 31 avg. — Milliy kun (1957). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Umummalayziya Islom partiyasi, 1951 y.da tuzilgan; M. xind Kongressi, 1946 y.da asos solingan; M. Xitoy uyushmasi, 1949 y.da tashkil etilgan; Malayya bir – lashgan milliy tashkiloti (yangi), 1988 y.da asos solingan; demokratik harakat partiyasi, 1966 y.da tuzilgan; Milliy front, 1973 y.da 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (Ittifoqi) tarzida tashkil etilgan. M. kasaba uyushmalari kongres- si, 1949 y.da tuzilgan. Xo’jaligi. M. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda i.ch. sanoatining ulushi — 28,7%, konchi- lik sanoatining ulushi — 9,3%, q. x.ning ulushi — 17,3%. Q. h.ning aso- siy ekini — sholi bo’lsa ham, mamla- kat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmog’i kauchuk i. ch.dir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sab- zavot, mevalar etishtiriladi. Chorvachi- lik suet rivojlangan; koramol, cho’chqa boqiladi. Dengiz qirg’og’i yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yog’och tayyorlanadi. I. ch. sanoatining aso- siy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomo- bil, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudala- ri, boksit qazib chiqarish. M. integral sxema, kondisioner, radio va teleappa- raturalar i. ch. bo’yicha dunyodagi etakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yog’i, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganch- korlik, zargarlik, kashtachilik va b.) ri- vojlangan. Temir yo’llari uz. 2,2 ming, avtomo- bil yo’llari uz. 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji — 2,9 mln. t. dedveyt. D engiz portlari: Kelang, jor- jtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjta- un, kota-Kinabaluda aeroportlar bor. M. chetga neft, elektron va elektro- texnika buyumlari, q. x. mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, Avto- mobil), rezina texnika, to’qimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak so- tadi; chetdan mashina- Malayziya bayrog’i. uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziq- ovqat oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yaponiya, Singapur, AKSH, Evropa hamjamiyati mamlakatlari, Jan. Koreya, Xitoy, Tayvan. Pul birligi — ringgit (Malayziya dollari). Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Xalq maorifi tizi- mi 6 y.lik boshlang’ich maktab (6 yoshdan 12 yoshgacha bulgan bolalar uchun), 3 y.lik kichik o’rta maktab va 2 y.lik katta o’rta maktab (katta o’rta maktab huzurida ij- timoiy, tabiiy-ilmiy va texnika hamda kasb-hunar ta’limi bo’limlari bor) dan iborat. Hunarmandchilik maktablari, o’rta texnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlarida ham turli kas-blar o’rgatiladi. Kuala-Lum- pur unti (1962), Milliy un-t (1970), Texnologiya unti (1972), q.x. unti (1973), Jorjtaundagi un-t oliy ta’lim bera- Di. Kuala-Lumpurda Milliy kutubxona (1971), Milliy muzey (1963, arxeologiya, etn., zool. majmuasi b-n) bor. Tabiiy ka- uchukni tadqiq qilish in-ti, q. x. ilmiy tadqiqot in-ti, o’rmonchilik va tropic baliqchilik tadqiqot markazlari, tibbi- yot i.t. instituti, ijtimoiy fanlar ta- rixi jamiyati, Malayya tili va adabiyoti agentligi, Tamil tili jamiyati mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Mamlakatda nashr eti- ladigan yirik gaz.lar: «berita Xarian» («Kun yangiliklari», Malayziya tilida chiqadigan kundalik gaz., 1957 y.dan), «Biznes Tayms» («biznes vaqti», ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1976 y.dan), «Malay meyl» («Malayya pochta- si», ingliz tilida chiqadigan kechki gaz., 1896 y.dan), «Mingguan Malayziya» («Ma- layziya hafta ichida», Malayziya tilida chiqadigan yakshanbalik gaz., 1964 y.dan), «Nanyan ShanBao» («Janubiy dengizlar savdo gazetasi», Xitoy tilida chiqadigan kundalik gaz., 1923 y.dan), «Star» («yul- duz», ingliz tilida chiqadigan kunda- lik gaz., 1971 y.dan), «Tamil nesan» («tamillar posboni», ta’mil tilida chiqadigan kundalik gaz., 1924 y.dan) va b. Bernama axborot agentligi, 1967 y.da ta’sis etilgan. M. radiosi 1946 y. dan, M. televideniesi 1963 y.dan ishlaydi. Adabiyoti Malayya, Xitoy, Tamil va in- gliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyo’t asosiy o’rinni egallaydi. 7-a.da tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgo’ylik adabiyoti yaratila bosh- ladi. Malayya adabi-yotining yangi dav- rini boshlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munshiydir. U o’zining «Abdullo haqida qissa» (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925-26 y.larda Sayd Shayx ibn Axmad al-Hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan «Farida xo- nim» romani maydonga keldi. Keyincha- lik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va b. ham ko’plab asar- lar yarata boshladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Rashid tol ilk bor Malayya qahramonlari ishtirokidagi «haqiqiy do’st» (1927), «bu Salmami?»(1928) va b. romanlar yaratdi. 30-y,larda yaigi indonez adabiyoti- ning ta’siri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va b.ning milliy ruhdagi romanlari paydo bo’ldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning «birga kurashay- lik» (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzu- lari keng yangradi. 50-y.larda adabiyotda asosiy o’rinni xalq hayotiga bag’ishlangan she’r va hikoyalar egalladi. 1950 y. bir guruh qalamkashlar — K. Mas, U. Avang, M. As- raf, A. Samad Ismoil va b. «50-yillar avlodi» adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va «san’at jamiyat uchun» degan shiorni olg’a surdilar. Milliy ozod- lik harakati adabiyotning asosiy mavzui bo’lib qoldi. Keyingi yillarda A. Samad Sayd («Salina»), A. Vati («Aylana»), A. Ali («Inqiroz»), A. Samad Ismoil («Va- zir»), Ibrohim Umar («Chapdagi qadam»), S. Usmon Kelantan («shimoli-Sharqdagi shabada») va b.ning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar ko’tarilgan. M.da Tamil (S. Vadivel, J. Peru- mal, g. S. Shanmugam), Xitoy (Sun ya, Szyan Jen) va ingliz (Li Kok-Yang, uy Bun-Seng) tillarida ham adabiyot rivoj- lanayotir. Me’morligi va tasviriy san’ati. M. hududida mil. AV. 1ming yillik- ning 2-yarmiga oid guldor sopol idish va haykallar (Alor-Gajax va Berxal- Limadagi tosh yodgorliklar), Klangda va Tembeling daryosi bo’yida xarsang terrasalar, sag’analar, jez buyumlar to- pilgan. 7-8-a.largacha hind namunala- riga taqlid qilingan: Budda ibodatxo- nalari va haykallari tiklangan. Bezak san’atida oltin va kumushdan, shoyi, sopoldan foydalanilgan, kashtachilik rivojlangan. 14-a.dan Islom dini ki- rib kelishi munosabati b-n musulmon inshootlari qurish urf bo’ldi (Perax, Kedax va Joxorda 17— 18-a.larda Mae- jid va maqbaralar qurilgan). 15-19-a. larda, ayniqsa, kulolchilikda xitoylar- ning ta’siri kuchaydi. 16-a.da mustamla- kachilar bostirib kelgach, qad. Madaniyat tanazzulga uchrab, evropacha me’morlik va san’at shakllari joriy etila boshladi. 19-a. 2-yarmida shaharlar (Pinang, KUA- la-Lumpur) rivojlandi. Evropa, Xitoy, Hindiston, musulmon uslublari Krrish- masidan iborat imoratlar qurildi. Tu- rar joylar qoziq va toshlar ustiga, erga yog’och hamda bambuk sinchlardan bar-po etildi. 20-a.dan katta shaharlar yonida Tesak, Joxor-Baru, Batter-ert kabi yo’ldosh shaharchalar barpo etila boshladi. Malayyaning «Kampong» deb ataluvchi qishloklari zich tarzda yoki yo’llar, da- ryolar, tog’vodiylari bo’ylab joylashti- riladi. M. daryolarida bambuk kulbali sollarni, uyqayiklarni uchratish mum- kin. Mamlakatning qad. aholisi bo’lmish changalzor kishilari bambuk va palma yaprokdaridan yasalgan chaylalarda yashay – Di. Yangi qishloqlarda g’isht, temir-beton va yog’ochdan uylar qurilayotir. 20-a. boshlaridan chinni i.ch. yo’lga qo’yildi. Xonadonlarda to’qilgan gazmol- dan sarongi deb ataluvchi milliy kiyim va ro’mollar zardo’zlik usulida tayyorla- nadi. Perakda kashtachilik rivojlangan. Kelantan zargarlari zebziynat buyumla- ri, o’yma naqshli idishlar, qumg’onlar, qutichalar yasaydilar. M.ning zamonaviy tasviriy san’ati- da rassomlik, haykaltaroshlik rivoj- langan. Hunarmandchilikning kulolchi- lik, to’quvchilik, savat to’qish kabi tur- lari saqlangan. Kinosi. Xar yili mamlakatga 1000 tagacha xorijiy film keltiriladi. Bunday sharoitda milliy kinemato- grafiyaning rivojlanishi juda qiyin. M.da dastlabki chinakam milliy ki- nofilmlar 50-y.larning oxirlarida yaratidtsi. Ularning aksariyati an’ana- viy musiqiy dramalardan iborat. Rej., stsenariychi, kompozitor, aktyor va xonan- da P. Remli shunday dramalarni saxna- lashtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillardagi anchagina kinokartinalar Tailand, Singapur, Filippin, Indo- neziya kabi mamlakatlar b-n birgalikda yaratildi. 1981 y.da kinoni rivojlanti- rish tashkiloti tuzilgan. Badiiy fil- mlar orasida quyidagilar bor: «Xang Tuan» (rej. F. Mejundar), «Se-merax Padi» (rej. P. Remli), «Yig’lama» (rej. R. Timoer), «muhabbat va qo’shiq» (rej. D. Sulong), «ertangi kun umidida» (rej. D. Shamsuddin), «ona, onajon» (rej. A. Mahmud). O’zbekiston — M. munosabatlari. Iqtisodiy munosabatlarni rivojlan- tirish uchun avvalo huquqiy negiz yara- tildi. 1992 y. iyunida O’zR Preziden- ti I. A. Karimovning M.ga tashrifi vaqtida «madaniy va ilmiy hamkorlik», «Iktisodiy va texnikaviy hamkorlik» to’g’risida bitimlar imzolandi. 1993 y. mart—apr. oylarida M. bosh vaziri- ning O’zbekistonga tashrifi yakunida ham bir qancha hujjatlar qabul etildi. Na- tijada ikkala mamlakat o’rtasida Tovar ayirboshlashga kirishildi. 1999 y.da to- var aylanmasi 4,9 mln. AKTSH dollarini tashkil etdi. O’zR da malayziyalik sarmoyador- lar ishtirokida tuzilgan 10 ta qo’shma korxona mavjud. «Otel O’zbekiston», «O’zMalOyl» (neft konlarini ishla- tish), «O’ZMAKOM» (telefon xizmati), «O’zbeklizing Interneyshnl» (kichik va o’rta biznesni moliyaviy qo’llab- quvvatlash) ularning eng yiriklaridir.